Fuqarolarning murojaatlari e’tiborda

Bugun O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining kichik majlislar zalida navbatdagi videoselektor majlisi bo`lib o`tdi.

Unda vazirlik mutasaddi xodimlari, qator oliy ta’lim muassasalari rektorlari, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlayotgan mas’ullar ishtirok etdilar.

O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida»gi qonuni ijrosini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni jadallashtirish chora-tadbirlari haqida so`z yuritildi.

Shuningdek, vazirlik va oliy ta’lim muassasalari hamda tegishli tashkilotlarida ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari borasida ham fikrlashib olindi.

Videoselektor majlisida ko`rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Manba: Axborot xizmati

14.10.2016