“Giyohvandlik moddalari va unga qarshi kurashish chora-tadbirlarini yanada kuchaytirish” mavzusida profilaktik tadbir bo`lib o`tdi.

O`zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyot universitetida “Giyohvandlik moddalari va unga qarshi kurashish chora-tadbirlarini yanada kuchaytirish” mavzusida profilaktik tadbir bo`lib o`tdi.

Tadbir Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda 2016-yil oktyabr-noyabr oylari davomida Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari professor-o`qituvchilari va talaba-yoshlari o`rtasida o`tkazish rejalashtirilgan.

Tadbirda ishtirok etgan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi hamda Toshkent shahar Narkologiya dispanseri mas’ul xodimlari mavzu bo`yicha aniq ma’lumotlarni talaba-yoshlarga yetkazishdi.

Tadbirlar so`ngida “Zulmatga yo`l” nomli hujjatli film namoyish etilib, talaba-yoshlar o`zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan to`laqonli javoblar olishdi.

Manba: Axborot xizmati

12.10.2016