1-oktabr - o`qituvchi va murabbiylar kuni

1-oktabr – “O`qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Oliy ta’lim vazirligining mutasaddi rahbar xodimlari, faol o`qituvchi va murabbiylar 30-sentabr kuni poytaxtimizdagi hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo`lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gullar qo`ydi.

1-oktabr - “O`qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan mamlakatimizning barcha oliy ta’lim muassasalarida “Bayramingiz muborak, aziz Ustozlar” mavzusida turkum tadbirlar, davra suhbatlari, anjumanlar, ko`rgazmalar, sport musobaqalari, talabalar turar joylarida bayram dasturxonlari tashkil etildi.

Bayramingiz muborak aziz, ustoz va murabbiylar!

Manba: Axborot xizmati

30.09.2016