Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’ati Kengashining navbatdagi majlisi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti majlislar zalida o`tkazildi

2016-yil 27-avgust kuni Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’ati Kengashining navbatdagi majlisi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti majlislar zalida o`tkazildi. Unda Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida joylashgan barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda O`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari boshliqlari ishtirok etishdi.

Oliy va o`rta maxsus ta’lim vaziri A.Vaxabov raislik qilgan ushbu majlisda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

  • respublika oliy ta’lim muassasalarini yangi 2016/2017-o`quv yiliga tayyorgarligi bo`yicha amalga oshirilgan ishlar haqida;
  • oliy ta’lim muassasalaridagi obodonlashtirish ishlari holati, o`quv binolari va talabalar turar joylarining 2016/2017-o`quv yili va kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi to`g`risida;
  • umumta’lim maktablarining 9-sinf o`quvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o`qitish bilan qamrab olishni ta’minlash haqida.

  • Hay’ati Kengashi majlisi yakuni bo`yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

      

      

    Manba: Axborot xizmati

    27.08.2016