Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi katta majlislar zalida ilmiy-amaliy videokonferensiya o`tkazildi

Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi katta majlislar zalida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo`mitasi hamda Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligiga bag`ishlangan “Kadrlar tayyorlashga doir va ta’lim sohasidagi dasturlarning izchil amalga oshirilishi – xalqaro maydonda O`zbekistonning raqobatbardoshligini ta’minlashning muhim omilidir” mavzusida ilmiy-amaliy videokonferensiya o`tkazildi.

Videokonferensiyada Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputatlari, Oliy va o`rta maxsus, Xalq ta’limi vazirliklarining hamda o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining mutasaddi rahbarlari, Toshkent shahridagi oliy ta’lim, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar, umumiy o`rta ta’lim maktablari rahbar va o`qituvchilari, viloyatlardagi studiyalardan ham uzluksiz ta’lim tizimining mas’ul rahbarlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Konferensiyada qilingan ma’ruzalarda asosiy e’tibor mustaqillik yillarida mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz rahbarligida uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshirilgan ulkan islohotlar, yoshlarimizning jamiyatda o`zlarining munosib o`rinlarini topib olishlari borasida mamlakatimiz miqyosida amalga oshirilayotgan ishlar har tomonlama tahlil qilib berildi.

  

Manba: Axborot xizmati

23.08.2016