Vazirligida kengaytirilgan video-selektor yig`ilishi bo`lib o`tdi

Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligida kengaytirilgan video-selektor yig`ilishi bo`lib o`tdi. Yig`ilishda oliy ta’lim muassasalari rektorlari, filiallar direktorlari, barcha prorektorlar (direktor o`rinbosarlari) va fakultet dekanlari ishtirok etishdi.

Oliy va o`rta maxsus ta’lim vaziri A.V.Vaxabov tomonidan olib borilgan ushbu kengaytirilgan video-selektor yig`ilishida bugungi kunda o`ta dolzarb bo`lgan masala muhokama qilindi:

  • Qoraqalpog`iston Respublikasi, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahri oliy ta’lim muassasalarining 2016/2017 o`quv yiliga tayyorgarlik holatini o`rganish natijalari to`g`risida.
  • Masalalar muhokamasi davomida ishchi guruhlar a’zolari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda boshqa yig`ilish ishtirokchilarining fikr-mulohazalari tinglandi. Yig`ilish yakuni bo`yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

    Manba: Axborot xizmati

    08.08.2016