30-iyul kuni respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalarida 1-avgust kuni bo`ladigan test sinovlariga tayyorgarlik – Bosh repetitsiya bo`lib o`tdi

Repetitsiya bino rahbarlari bilan savol-javob va bajariladigan ishlarni amalda namoyish etish usullari orqali belgilangan ketma- ketlikda o`tkazildi.

Binolarda bino buyicha DTM vakillari tomonidan auditoriya rahbari va kuzatuvchilariga testni o`tkazish tartib-qoidalari tushuntirildi hamda ularning vazifalari buyicha amaliy mashqlar o`tkazildi.

Test o`tkaziladigan binolar atroflari obodonlashtirilgan, abituriyentlarning ota-onalari dam olishlari uchun yetarli sharoitlar yaratilgan. Bu ishlarda oliy ta’lim muassasalariga hokimiyat vakillari yaqindan yordam berishdi.

Barcha binolar test sinovlarini o`tkazishga shay holatga keltirildi. Eng muhimi, ushbu jarayonning asosiy ishtirokchilari – abituriyentlar o`zlarining 1 avgust kuni qayerga, qachon va qanday yetib kelishlari, test sinovlarini topshirish tartib-qoidalari to`g`risida tasavvurga ega bo`lishdi.

  

  

  

Manba: Axborot xizmati

30.07.2016