“Oliy ta’lim jarayonida ish beruvchilar va talabalarning ishtiroki” mavzusida xalqaro konferensiya

2017-03-16

IMEP: O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida ta’lim jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish

Tadbir: “Oliy ta’lim jarayonida ish beruvchilar va talabalarning ishtiroki” mavzusida xalqaro konferensiya

Sana: 16-17 mart 2017 y.

O‘tkazish joyi: Buxoro davlat universiteti

Respublikamizni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida hamda hayotga tatbiq qilib borilayotgan “Yoshlarga oid davlat siyosati” doirasida oliy ta’lim tizimini yangi sifat bosqichiga olib borish bo‘yicha vazifalar belgilab olingan. Ular avvalambor uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos ravishda yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish, pedagog kadrlar va rahbar xodimlarning malaka oshirishlari mexanizmini takomillashtirib borishga tayanadi.

Oliy ta’lim jarayonlarida ish beruvchilar va talabalarning bevosita ishtirok etishi ham mana shu vazifalarni amalga oshirishda muhim vositadir. Mazkur yo‘nalishda respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida boy tajriba to‘plangan bo‘lib, Buxoro davlat universitetida Erasmus+ dasturining “IMEP: O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi ta’lim jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” loyihasi doirasida o‘tkaziladigan konferensiyada mazkur tajriba xorijlik hamkorlar bilan birga muhokama qilinadi.

Loyiha ishtirokchilari tomonidan ish beruvchilar, talabalar, professor-o‘qituvchilar o‘rtasida turli so‘rovnomalar o‘tkazilgan bo‘lib, so‘rovnomalar natijalari konferensiya mobaynida taqdim qilinadi. Konferensiya kun tartibiga ishchi guruhlar xulosalari asosida tegishli qo‘llanmalar tayyorlash masalasi kiritilgan.

Konferensiya ishida loyihaning yevropalik hamkorlari Rezekne texnologiya akademiyasi (Latviya), London metropoliten universiteti (Buyuk Britaniya), Peleponnes universiteti (Gresiya), Britaniya Kengashi vakillari hamda milliy hamkorlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bosh ilmiy-metodik markaz, Buxoro davlat universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent meditsina akademiyasi, Samarqand davlat chet tillar instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Namangan davlat universitetidan professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishadi.

Manzil: Buxoro shahri, M. Iqbol ko‘chasi, 11-uy.

Mas’ul shaxs: Abror Jo‘raev – BuxDU xalqaro bo‘lim boshlig‘i.

Tel: +998-90-71590315,

faks:+998-65-2212707,

e-mail: bsu.international@umail.uz

Loyiha veb-sahifasi: imep.bimm.uz