O‘zbеkiston Rеspublikasi vazirliklari, hokimliklari, korporatsiyalari, banklar, barcha ta‘lim muassasalari, tashkilotlar va qo‘shma korxonalar rahbarlari diqqatiga!

2017-03-17

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti 2016-2017 o‘quv yilida bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarning intellektual salohiyatidan unumli foydalanish va ish bilan ta‘minlashga ko‘maklashish uchun, ishga taqsimlash jarayoni boshlanganligini xabar qiladi. Sizlarni 2017-yil 17-mart kuni bo‘lib o‘tadigan "Karera kunlari" mehnat yarmarkasi tadbiriga taklif etamiz.

Shu munosabat bilan bitiruvchi yosh mutaxassislarga siz rahbarlik qilayotgan korxona, tashkilot va muassasada ehtiyoj mavjud bo‘lsa, universitetga takliflar bilan murojaat etishingizni so‘raymiz.

Manzil: Universitet ko‘chasi 2-uy

telefon: 246-88-70

pochta: tstu_info@tdtu.uz

fax: 227-10-32.